Olmo: «Keyingi o‘yinda Lamin bizga foyda keltiradi»

Ko‘rildi: 2 058

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo 2026 yilgi jahon chempionati 1/4 finali oldidan jamoadoshi Lamin Yamal haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, Lamin barchasini a’lo darajada bajarmoqda: u o‘z kuchiga ishonadi va tobora kuchayib bormoqda. U yanada o‘sishga intiladi, biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz va u jamoaga juda katta hissa qo‘shmoqda hamda bundan keyin ham qo‘shishda davom etadi. Keyingi o‘yinda u bizga katta foyda keltiradi.

U gol urmagan yoki golli uzatma bermagan taqdirda ham, maydondagi borligining o‘zi bilan katta foyda keltiradi. To‘pni qabul qilib olganida, uning atrofini ikki-uchta himoyachi o‘rab oladi, bu esa maydonning boshqa hududlarida bo‘sh zonalar yaratadi. Ishonchimiz komilki, u hali gollar uradi va ajoyib o‘yin namoyish etishda davom etadi. U bizga juda ko‘p yordam bermoqda», — dedi Dani Olmo o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Chorak finalda Ispaniya terma jamoasi Belgiya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 11 iyul kuni Toshent vaqti bilan soat 00:00da bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz